
Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan 2025-yil 14-aprel kuni "YILNING ENG YAXSHI TARBIYACHISI-2025" kasbiy ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
Tanlov natijalariga ko'ra:"Yangi O'zbekiston bolalarini ma'naviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi" nominatsiyasi bo'yicha:
SHovot tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 23-son DMTT tarbiyachisi Maxmudova Saboxon Karimberganovna 2-o'rinni egallab Urganch Ranch texnologiya Universiteti "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi bo'yicha bir yillik 12 040 000 so‘mlik GRANT uchun SERTIFIKATni qo'lga kiritdi.
15-son DMTT tarbiychisi Rustamova Muhayyo Maqsudovna viloyat bosqichida qatnashib faxriy yorliq va sovg'alar bilan taqdirlandi.