🏐🏐🏐🏐 Shovot tumani
Ayol ustozlar o‘rtasida “Vazir kubogi” musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi
📆 2026-yil 30-aprel kuni Shovot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimidagi ta’lim muassasalari ayol xodimlari o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasining tuman bosqichi Shovot tuman 1 umumiy o'rta ta'lim maktabida yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqada tumandagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalaridan jami 98 ta jamoa, 784 nafardan ortiq ustoz va tarbiyachilar ishtirok etib, sportga bo‘lgan qiziqish, jamoaviy hamjihatlik va yuqori sport mahoratini namoyon etdilar.
🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin – 19-maktab jamoasi
🥈 2-o‘rin – 4-maktab jamoasi🥉 3-o‘rin – 40-maktab jamoasi
✔️G‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi.
✅Mazkur musobaqa xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, sportni ommalashtirish hamda jamoaviylik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.