15.06.2026 sanasida Shovot tumanida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi g‘oliblari taqdirlandi.
🤖 2025-yil yakunlari bo‘yicha “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasida faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar munosib taqdirlandilar.
📊 Natijalarga ko‘ra, Shovot tuman o‘quvchilaridan:
💻 5 nafar o‘quvchi noutbuk;
📜 4 nafar o‘quvchi esa ta’lim platformalarida o‘qish uchun maxsus litsenziyalarga ega bo‘ldilar.
🌟 Tadbir davomida yoshlarning erishgan yutuqlari yig‘ilganlar tomonidan olqishlanib, ularning kelgusi ilm-fan va IT sohasidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilandi!