“Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” tanlovining tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi!
Shovot tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari (MMIBDO‘) o‘rtasida nufuzli tanlov bo‘lib o‘tdi.
📌 Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli ko‘rsatmalari hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-yanvardagi 34-son qarori bilan tasdiqlangan dastur ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, quyidagi mahoratli pedagoglar yuqori natija ko‘rsatib, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar: 🏆
🥇 Xayitov Dilmurod Nuraddinovich – 51-son umumta'lim maktabi MMIBDO‘;
🥈 Saibova Zebo Farxodovna – 36-son umumta'lim maktabi MMIBDO‘;
🥉 Jumaniyozova Hikmat Odilbekovich - 27-son umumta'lim maktabi MMIBDO‘si.
👏 Shovot tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi jamoasi barcha g‘oliblarni chin qalbda muborakbod etadi!