



Bugungi ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan samarali foydalanish — zamonaviy pedagogning muhim ko‘nikmalaridan biridir.
➖ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Seul shahar Ta’lim boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan “KLIC Training Program–2026” dasturi doirasida Seul shahrida “Ta’limni raqamlashtirish” mavzusidagi o‘quv kursida ishtirok etgan Shovot tumani 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi informatika fani o‘qituvchisi So‘najon Yusupova tomonidan hududdagi informatika fani o‘qituvchilari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
🌐 “Raqamli ta’limning globallashuvi” mavzusidagi seminarda pedagoglarga Koreya ta’lim tizimining ilg‘or tajribasi, raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish bo‘yicha muhim ma’lumotlar taqdim etildi.
🔖 Seminar davomida robototexnika yo‘nalishida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, Mikrotik qurilmasining ishlash jarayoni namoyish etildi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni dars jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashildi.