Yuridik yordam olish
Davlat hisobidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam — Qonunda belgilangan tartib-taomillar va shartlarga muvofiq davlat hisobidan to‘liq yoki qisman ko‘rsatiladigan, jismoniy shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan malakali yuridik yordam.
“Yuridik yordam” axborot tizimi — tasodifiy elektron tarzda tanlab olish yo‘li bilan jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatlarni jalb etish, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan va davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan maxsus elektron axborot tizimi;
Quyidagi jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi:
- kam ta’minlangan shaxslar, agar ular fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar, ma’muriy ishlar bo‘yicha ariza beruvchilar, ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar hamda jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek, mahkumlar bo‘lsa;
- ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda;
- o‘z huquqlari buzilgan, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;
- O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.
Shovot tumani YXKM
boshlig‘i K.Ismailov