Maishiy zo‘ravonlik o’zi nima?
Oilaviy maishiy zo‘ravonlik - bu oila a'zolari tomonidan bir shaxsga iqtisodiy, ruhiy, jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikni amalga oshirish yoki amalga oshirish bilan tahdid qilish tushuniladi. Victim blaming (inglizchadan) esa zo‘ravonlik qurbonini ayblash, ya'ni zo‘ravonlik sodir etilganda aybi borligini aytish, psixologik bosim o‘tkazishdir. Shaming - bu uyaltirish. Markaziy Osiyo davlatlarida uyaltirish madaniyati juda kuchli. Agar qiz bola yoki ayol kishi jinsiy yoki jismoniy zo‘ravonlik qurboni bo‘lsa, uni uyaltirish holatlari ham bo‘ladi. Oiladagi zo‘ravonlikka chidashni xohlamasa ham uyaltiriladi.
Oiladagi zoʻravonlik“ atamasining zamonaviy dunyoda birinchi marta qoʻllanilishi, yaʼni uydagi zoʻravonlik maʼnosiga ega.1973-yilda Jek Eshli Buyuk Britaniya parlamentiga qilgan murojaatida boʻlgan. Ilgari bu atama asosan fuqarolik tartibsizliklari, ichki zoʻravonliklarni nazarda tutgan.
Anʼanaga koʻra, oiladagi zoʻravonlik asosan jismoniy zoʻravonlik bilan bogʻliq. Xotinni hoʻrlash, xotinni kaltaklash va kaltaklangan ayol kabi atamalar ishlatilgan, ammo turmushga chiqmagan sheriklar, jismoniy zoʻravonlikdan tashqari zoʻravonlik, ayol jinoyatchilar va bir jinsli munosabatlarga kirishga urinishlar tufayli mashhurligi pasaygan. Oiladagi zoʻravonlik endi keng maʼnoda oila aʼzosi yoki yaqin sherigi tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan „barcha jismoniy, jinsiy, psixologik yoki iqtisodiy zoʻravonlik“ni oʻz ichiga oladi.
Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistonda zo‘ravonlik “madaniyati” shakllanib ulgurgan. Oilada sodir bo‘ladigan har qanday zo‘ravonlikka uy ichidagi muammo, oilaviy masala sifatida qaraladi. Nafaqat jamiyat, qo‘shnilar yoki qarindoshlar, balki mahalla, huquq-tartibot organlari ham zo‘ravonlikni oilaviy masala sifatida ko‘rishadi.
Shovot tumani YXKM
bosh yuristkonsulti T.Davletov