Maishiy zo‘ravonlik uchun ta’sir choralari bormi?
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonun bor. Unda zo‘ravonlikning 4 ta turi: jismoniy, jinsiy, ruhiy va iqtisodiy zo‘ravonlik keltirilgan. Lekin oilaviy-maishiy zo‘ravonlik degan tushuncha berilmagan. Afsuski, jismoniy zo‘ravonlikka uchragan shaxslarda javobgarlik masalasi ham "oilaviy zo‘ravonlik" tushunchasi yo‘qligi, javobgarlik belgilanmaganligi tufayli Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksda tahqirlash, tuhmat qilish yoki yengil tan jarohati yetkazish moddasi bilan kvalifikatsiya qilinib, zo‘ravon jarima to‘lash bilan cheklanadi yoki himoya orderi bilan ayolidan 30 kunga uzoqlashtiriladi.
Zo‘ravonlikni amalga oshirayotgan shaxs o‘zining javobgarlikka tortilmasligini biladi. Jamiyat ham zo‘ravonlik qilayotgan shaxsni oqlashga harakat qiladi. Bunday holatda ayol kishi zo‘ravonlik haqida xabar bermasligi yoki uning atrofidagilari, oila a'zolari tomonidan chidash kerak, turmushning mushti bo‘ladi, farzandlaring uchun chidagin, qabilida ish tutiladi.
2023-yil 11-apreldagi 829-sonli Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (MJK) kiritilgan 59-2-modda – oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bo‘yicha qo‘llanilishini o‘rganishga qaratilgan.Hozirda mazkur huquqiy norma amalda keng qo’llanilib kelinmoqda.
Shovot tumani YXKM
bosh yuristkonsulti A.Duschanov