Xalqaro reyting nima?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyunda“Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda ushbu sohada parlament nazoratini kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 91-sonli Farmoni qabul qilingan.
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimida parlament nazorati kuchaytirildi.
Farmonga ko'ra, har yili Oliy Majlisi Senatida O'zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o'rni yaxshilanishi to'g'risidagi milliy ma'ruzani muhokama qilish tartibi joriy etiladi.
Oliy Majlis Senati tomonidan ustuvor xalqaro reyting va indekslarning ro'yxatini tasdiqlashda tegishli xalqaro reyting hamda indekslarga mutasaddi vazirlik va idoralar biriktiriladi.
Vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning o'rni yaxshilanishi, shuningdek, ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O'zbekiston Respublikasining o'rnini yaxshilash bo'yicha maqsadli ko'rsatkichlarga erishilishi uchun shaxsan mas'ul hisoblanadi.
Shovot tumani YXKM
boshlig‘i K.Ismailov