Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy

blog
  • Yangiliklar
  • 23-12-2025, 16:12

Tergov sudyalari va ularning vakolatlari

Tergov sudyalari va ularning vakolatlari 

            2025-yil 1-yanvardan jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida prosessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi tartibi joriy etish belgilangan. Jumladan;

  • tergov sudyalariga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jinoyat materiallarini, shu jumladan sanksiyalar va majburlov choralarini qo‘llash masalasi bo‘yicha qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq iltimosnomalarni,
  • qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘lik iltimosnomalarni,
  • pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni,
  • murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnomalarni,
  • pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomalarni,
  • tintuv o‘tkazish haqidagi iltimosnomalarni, 
  • telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnomalarni,
  • mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomalarni, 
  • ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni, 
  • shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnomalarni, ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomasini, ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni, 
  • prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqish vakolati berilgan.

        Tergov sudyasi o'z faoliyatini mustaqil amalga oshiradi hamda faqat qonunga bo'ysunadi.

        

Shovot tumani YXKM

 bosh yuristkonsulti T.Davletov

 

 

Manzil

  • Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy
  • +998 (99) 963-19-73
  • info@shovot-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 

Yil dasturi

Maktab manzili