Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonni qoplash?
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 329-moddasiga asosan, boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrnini ish beruvchi tomonidan qoplash boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrni ish beruvchi tomonidan qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan shaxslarga quyidagilarni toʻlashni oʻz ichiga oladi:
- bir yoʻla beriladigan nafaqani;
- boquvchining yoʻqotilgan ish haqi oʻrnini qoplash uchun amalga oshiriladigan har oylik toʻlovlarni;
- qoʻshimcha xarajatlarni kompensatsiya qilishni.
Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan nafaqaning miqdori marhumning oʻrtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam boʻlmasligi kerak.
Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o'rni quyidagicha qoplanadi:
- voyaga yetmagan shaxslarga — 18 yoshga to'lguniga qadar;
- 18 yoshdan oshgan o'quvchilarga — kunduzgi ta'limni tugatguniga, lekin ko'pi bilan 23 yoshga to'lguniga qadar;
- 55 yoshdan oshgan ayollarga va 60 yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod;
- nogironligi bo'lgan shaxslarga — nogironlik muddatiga;
- marhumning qaramog'ida bo'lgan bolalarini, nabiralarini, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlash bilan band bo'lgan ota-onasidan biriga, eriga (xotiniga) yoki boshqa oila a'zosiga — qaramog'idagi shaxslar 14 yoshga to'lguniga qadar.
Shovot tumani YXKM
bosh yuristkonsulti A.Duschanov