Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy

blog

Ota-onaning voyaga etmagan bolalariga qancha miqdorda

aliment to’laydi?

 

Voyaga etmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga asosan aliment undiriladi.

Ota-onaning voyaga etmagan bolalariga to‘laydigan aliment miqdori

Agar voyaga etmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining:

  • bir bola uchun — to‘rtdan bir qismi;
  • ikki bola uchun — uchdan bir qismi;
  • uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi.

Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.

Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

Ota-onaning voyaga etgan bolalariga aliment to‘lashi

Ota-ona voyaga etgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishi shartdir.

Voyaga etgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berish ota-onaning kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Ota-ona o‘rtasida bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda nizo sud tartibida hal qilinadi.

Ota-onadan voyaga etgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga undiriladigan alimentning miqdori sud tomonidan aliment to‘lashi shart bo‘lgan ota-onaning oilaviy va moddiy ahvoli hisobga olinib, har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanadi.

Shovot tumani YXKM bosh 

yuriskonsulti I.Raximberganov

Manzil

  • Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy
  • +998 (99) 963-19-73
  • info@shovot-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 

Yil dasturi

Maktab manzili