Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
Saylov kuni 21 yoshga to‘lgan hamda kamida 5 yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar mahalliy Kengashlar deputatligiga saylanish huquqiga ega.
Quyidagilar:
- sodir etgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
- saylov kuniga qadar so‘nggi 5 yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashamagan fuqarolar;
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat bojxona qo‘mitasining, boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalarning xodimlari;
- diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinmaydi.
Shovot tumani YXKM
bosh yuristkonsulti A.Duschanov