Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy

blog
  • Yangiliklar
  • 23-12-2025, 16:18

Harbiy xizmat turlari

Harbiy xizmat turlari

Harbiy xizmat-O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turidir.

Harbiy xizmatning quyidagi turlari joriy etiladi:

  • muddatli harbiy xizmat;
  • safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;
  • kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat;
  • O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati.

Tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatga, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga o‘n sakkiz yoshdan yigirma etti yoshgacha bo‘lgan, salomatligiga ko‘ra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladilar.

Harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha) kirgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i oldida quyidagi mazmunda Vatanga «Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman, davlatim timsoli bo‘lmish muqaddas bayroqni o‘pib, buyuk ajdodlarimning pok ruhlari oldida, vatanim oldidagi burchimni halol bajarishga bel bog‘lab, vijdonim, or-nomus va sha’nimni o‘rtaga qo‘yib:

O‘zbekiston Respublikasiga, xalqimga va Prezidentimga bir umr sodiq bo‘lishga,

Vatanimning mustaqilligini, uning sarhadlarini, ona xalqimning tinchligi va osoyishtaligini, milliy manfaatlarini so‘nggi nafasimgacha himoya qilishga,

O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan har qanday tajovuz va g‘arazli harakatlarga qarshi ayovsiz kurashishga,

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlari va umumharbiy nizomlarga qat’iy amal qilishga, davlat va harbiy sirlarni saqlashga,

Quruqlikda, suvda, havoda — har qanday sharoitda ham o‘z burchimni vijdonan bajarishga,

Har qanday mashaqqatli sinov va qiyinchiliklarda ham el-yurtimning yuksak ishonchini oqlashga tantanali ravishda qasamyod qilaman!».

">qasamyod qabul qiladilar.

Muqaddam Vatanga qasamyod qabul qilmagan harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarga jalb etilganlarida yoki safarbarlik bo‘yicha chaqirilganlarida Vatanga qasamyod qabul qiladilar.

Vatanga qasamyod qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi bilan belgilanadi.

! O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shu kabi boshqa organlariga xizmatga kirish taqiqlanadi.

Shovot tumani YXKM bosh 

yuriskonsulti I.Raximberganov

Manzil

  • Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy
  • +998 (99) 963-19-73
  • info@shovot-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 

Yil dasturi

Maktab manzili