Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy

blog
  • Yangiliklar
  • 23-12-2025, 16:18

Intellektual mulk nima?

Intellektual mulk nima?

Intellektual mulk – ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik obʼyekti huquqi majmuiga kiruvchi, fan, adabiyot, sanʼat va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik sanʼati, jumladan ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, maʼlumotlar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy mulk obʼyektlariga kiradi. Hozirgi davrda intellektual mulkni muhofaza qilish muhim vazifa hisoblanadi.

Intellektual mulk ob’ektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) intellektual faoliyat natijalari:

  • fan, adabiyot va san’at asarlari;
  • ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabelь orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari;
  • elektron hisoblash mashinalari (bundan buyon matnda EHM deb yuritiladi) uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari;
  • ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari;
  • selektsiya yutuqlari;
  • oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau);

2) fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar:

  • firma nomlari;
  • tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);
  • geografik ko‘rsatkichlar;
  • tovarlar chiqarilgan joy nomi;

3) Fuqarolik Kodeksida yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar.

      Shovot tumani YXKM

 bosh yuristkonsulti T.Davletov

 

Manzil

  • Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy
  • +998 (99) 963-19-73
  • info@shovot-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 

Yil dasturi

Maktab manzili