Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy

blog

Mualliflik huquqi ob’ektlari hisoblanmaydigan narslar haqida bilasizmi?

Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat’i nazar, tatbiq etiladi.

Quyidagilar mualliflik huquqi ob’ektlari hisoblanmaydi:

  • rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;
  • rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar);
  • xalq ijodiyoti asarlari;
  • oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar;
  • insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati amalga oshirilmasdan, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar.

Rasmiy hujjat, ramz yoki belgining loyihasiga bo‘lgan mualliflik huquqi loyihani yaratgan (ishlab chiqqan) shaxsga tegishlidir.

Rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilarning loyihalarini ishlab chiqqan shaxslar, basharti bunday loyihani ishlab chiqish to‘g‘risida topshiriq bergan organ tomonidan taqiqlanmagan bo‘lsa, o‘zlari yaratgan loyihalarni e’lon qilishga haqlidirlar. Loyihani e’lon qilishda uni ishlab chiqqan shaxslar o‘z ismlarini ko‘rsatishga haqlidirlar.

Vakolatli organ rasmiy hujjat tayyorlash uchun loyihadan, basharti loyiha uni ishlab chiqqan shaxs tomonidan e’lon qilingan yoki tegishli organga yuborilgan bo‘lsa, mazkur shaxsning roziligisiz foydalanishi mumkin.

Loyiha asosida rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilar tayyorlash chog‘ida rasmiy hujjat, ramz yoki belgi tayyorlayotgan organning xohishiga ko‘ra loyihaga qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritilishi mumkin.

Vakolatli organ loyihani ma’qullaganidan keyin loyihadan uni ishlab chiqqan shaxsning ismi-sharifini ko‘rsatmagan holda foydalanish mumkin.

 

Shovot tumani YXKM

 boshlig‘i   K.Ismailov

 

Manzil

  • Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy
  • +998 (99) 963-19-73
  • info@shovot-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 

Yil dasturi

Maktab manzili