Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy

blog
  • Yangiliklar
  • 23-12-2025, 16:19

Qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq nima?

Qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq nima?

Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlarga qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.

1.Xizmatni olish uchun zarur bo‘lgan ho‘jjatlar ro‘yxati, nusxalari soni va asl hujjatlarni taqdim etish zarurligi ko‘rsatilgan.

2. Meros qoldiruvchining o‘lim haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma;

3. Meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashash (doimiy propiska qilingan) joyi haqidagi ichki ishlar organlarining ma’lumotnomasi yoki o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma yoxud uy daftaridan ko‘chirma;

4. Meros tarkibining meros qoldiruvchiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat;

5. Merosxo‘rlarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalari (F.I.O. o‘zgargan taqdirda) yoki dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar yoxud qarindoshlik munosabatlarining haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati;

6. Merosxo‘rlar vafot etgan taqdirda o‘lim haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma;

7. Meros qoldiruvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi (ajrashganlik haqidagi guvohnoma) yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma.

8. Merosni qabul qilish uchun ishochnoma (agar merosxo‘rning o‘zi meros huquqi to‘g‘risidagi guvohnomani olishda ishtirok eta olmasa)

9. Merosxo‘rlar meros mulkidagi tegishli ulushdan voz kechgan taqdirda – notarial tartibda tasdiqlangan merosdan voz kechish tug‘risida ariza.

10. O‘zini meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lgan deb hisoblayotgan shaxs merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani berilishini so‘rab murojaat etsa, meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lganlik fakti sud hujjati bilan tasdiqlanadi..

11. Yoshi bo‘yicha qaramoqda bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar uchun:

  • pasport;
  • tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma;
  • pensiya guvohnomasi.

12. Boshqa hujjatlar (zarur bo‘lsa).

Notarial harakatni ishtirokchilari

Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlarga qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.

Merosxo‘rlar muomalaga layoqatsiz/muomala layoqati cheklangan/voyaga etmagan bo‘lgan hollarda, ularning qonuniy vakillari ularning nomidan va (yoki) ularning huzurida harakat qilishadi

Izoh: O‘zbekiston Respublkasining Soliq qodeksi davlat boji va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan ozod etilishi mumkin.

Xizmatni olish muddati: Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e’tiboran 6 oy o‘tganidan keyin beriladi.

 

Shovot tumani YXKM bosh 

yuriskonsulti I.Raximberganov

Manzil

  • Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy
  • +998 (99) 963-19-73
  • info@shovot-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 

Yil dasturi

Maktab manzili