Davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga kimlar ega?
Quyidagilar davlat hisobidan yuridik yordam oladilar:
1) kam ta’minlangan shaxslar, agar ular:
- fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar;
- ma’muriy ishlar bo‘yicha arizachilar;
- ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;
- jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo‘lsa;
2) ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga «Psixiatriya yordami to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda;
3) o‘z huquqlari buzilgan, «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;
4) O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.
Shovot tumani YXKM
bosh yuristkonsulti T.Davletov