Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy

blog

Xalq qabulxonalariga fuqarolar qanday tartibda 

murojaat qilishadi? 

 

        Fuqarolar xalq qabulxonalariga o‘zlari duch kelayotgan muammolar echimini topish maqsadida, og‘zaki yoki yozma shaklda murojaat qilishlari mumkin. Fuqaro, ma’lum bir muammoni hal etish maqsadida, o‘zi istiqomat qiladigan hududdagi xalq qabulxonasiga borib to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish huquqiga ega hisoblanadi. Agarki, murojaat etuvchi fuqaro, o‘zi istiqomat qiladigan hududdagi xalq qabulxonasiga borib murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, 1000 qisqa raqamlari orqali xalq qabulxonasining virtual murojaatlar bilan ishlash bo‘limiga telefon orqali o‘z arizalarini qoldirishlari mumkin. Xalq qabulxonalariga murojaat qilish to‘lovsiz shaklda amalga oshiriladi. Murojaat etuvchi fuqaro, shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida xalq qabulxonalariga murojaat etishi talab etiladi. Shuningdek, xalq qabulxonalari tomonidan fuqarolar murojaatlari 15 kundan bir oy muddat ichida ko‘rib chiqiladi.

        Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

        Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

        Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida davlat organining, tashkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) ko‘rsatilgan, shuningdek murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.

        Murojaatlarda murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari ko‘rsatilishi mumkin.

        Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.

        Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak.

        Murojaat etuvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

        

Shovot tumani YXKM

 boshlig‘i   K.Ismailov

 

Manzil

  • Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy
  • +998 (99) 963-19-73
  • info@shovot-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 

Yil dasturi

Maktab manzili