O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalarining va Virtual qabulxonasining asosiy vazifalari
Quyidagilar ularning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan, murojaatlar bilan ishlashning samarali tizimi faoliyatini ta’minlash;
- murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqning so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil etish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tushgan hamda tegishliligi bo‘yicha davlat organlariga, tashkilotlarga yuborilgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish;
- jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini o‘tkazish, shu jumladan videokonferentsaloqa vositasida o‘tkazish.
Shovot tumani YXKM bosh
yuriskonsulti I.Raximberganov