Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy

blog

Fuqaro sifatida shaxsiy huquq va erkinliklaringizni bilasizmi?

 

Insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadidir.

“Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi, qonunlarning, davlat organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi”;

Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak;

inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.

Konstitutsiyada birinchi marta quyidagilar mustahkamlandi:

  • “har bir inson o‘z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega ekanligi va hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas”;
  • “insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy ahloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkin”;
  • Konstitutsiyada hech qanday holatlarda “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga majburiy chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emas”ligi belgilandi.

Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqi ekanligidan kelib chiqib, Konstitutsiyada “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi”, deb aniq belgilandi.

“Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas”, deb belgilandi.

         

Shovot tumani YXKM

                                                                          bosh yuristkonsulti A.Duschanov

 

 

Manzil

  • Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy
  • +998 (99) 963-19-73
  • info@shovot-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 

Yil dasturi

Maktab manzili