Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy

blog
  • Yangiliklar
  • 23-12-2025, 16:27

Ekologik huquqlar haqida bilasizmi?

Ekologik huquqlar haqida bilasizmi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Muqaddimasida “O‘zbekistonning yagona xalqi mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko‘paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilishi va e’lon qilishi" belgilandi.

Har kimning qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchi axborotga ega bo‘lish huquqi mustahkamlangan. 

Davlat:

  • fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
  • barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
  • Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko‘radi.

Vazirlar Mahkamasi atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni va biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishiga, epidemiyalarga, pandemiyalarga qarshi kurashish hamda ularning oqibatlarini yumshatish sohalarida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining vakolatlariga hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kiradi.

 

Shovot tumani YXKM

                                                                                            boshlig‘i  K.Ismailov

Manzil

  • Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy
  • +998 (99) 963-19-73
  • info@shovot-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 

Yil dasturi

Maktab manzili