Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy

blog

Advokatni «Yuridik yordam» axborot tizimi orqali tanlash mumkinmi?

 

Maxsus vakolatli davlat organining davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish haqidagi qarori yoki advokat tayinlash to‘g‘risidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi «Yuridik yordam» axborot tizimida ro‘yxatga olinganidan keyin «Yuridik yordam» axborot tizimi davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlardan birini avtomatik ravishda tanlaydi.

«Yuridik yordam» axborot tizimi orqali advokatni tanlashda uning ixtisoslashuvi, advokat qaysi hudud doirasida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lsa, o‘sha hudud va ish yuritish tili inobatga olinadi.

«Yuridik yordam» axborot tizimi orqali tanlangan hamda tegishli ishda o‘zining ishtirok etishini tasdiqlagan advokat qonunchilikda belgilangan muddatlarda va tartibda yuridik yordam ko‘rsatishga kirishishi shart.

«Yuridik yordam» axborot tizimi orqali tanlangan advokat haqidagi axborot davlat hisobidan yuridik yordam olish to‘g‘risida ariza bergan jismoniy shaxsga yoki davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish haqida so‘rov yuborgan vakolatli organga (mansabdor shaxsga) jo‘natiladi.

Agar «Yuridik yordam» axborot tizimi orqali tanlangan advokat ishda ishtirok etishni rad etadigan bo‘lsa, u rad etish asoslarini darhol «Yuridik yordam» axborot tizimiga kiritishi kerak.

«Yuridik yordam» axborot tizimi orqali advokatni tanlash jarayoni «Yuridik yordam» axborot tizimi orqali tanlangan advokatlardan biri o‘zining ishda ishtirok etishini tasdiqlanmaguniga qadar davom etadi.

  Shovot tumani YXKM

                                                                          bosh yuristkonsulti A.Duschanov

 

 

Manzil

  • Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy
  • +998 (99) 963-19-73
  • info@shovot-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 

Yil dasturi

Maktab manzili