Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy

Vazirlar mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi PF-451-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Muhammad Al-Xorazmiy vorislari” tizimi asosida tashkil qilinayotga maxsus sinflarga o'quvchilarni jalb qilish maqsadida bugun, Yangibozor tumanidagi 7,8,9,10-sinf o'quvchilari orasidan IT ga qiziquvchilari bilan "Al Xorazmiy vorislari" loyihasi bo'yicha targ'ibot tadbiri o'tkazildi. 2024-yil yanvar oyidan tumanimiz markazida joylashgan "IT PARK" binosida unga biriktirilgan 1,2,25,26,27,28,29,30,41-son  maktablarning o'quvchilari uchun darsdan tashqari Dasturlash va Ingliz tili fanlaridan BEPUL to'garaklar tashkil qilinmoqda. Ushbu to'garaklarda ishtirok etish istagida bo'lgan o'quvchilar tanlov asosida saralab olinadi. Semenarda  o'quvchilarga tanlovda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish taribi tushuntirildi. O'quvchilar loyiha bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Tadbir yakunida o'quvchilarga savollar berilib to'g'ri javob berganlarga esdalik sovg'alari berildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy
  • +998 (99) 963-19-73
  • info@shovot-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yil dasturi

Maktab manzili