Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy

blog

Bugungi kunda Hukumat tarkibidagi davlat organlari asosan, vazirlik, qoʻmita, agentlik va inspeksiya shaklida tashkil etilmoqda. Qoida boʻyicha endi avvalgidek vazirlik darajasidagi davlat qoʻmitalari yoki agentliklar degan tushunchalar boʻlmaydi endi. Xoʻsh, vazirlik, qoʻmita hamda agentlik va inspeksiyalarning aniq tushunchasi bormi?

    Prezidentning maʼmuriy islohotlarga oid PF-269-sonli farmonida ushbu tashkilotlarning aniq taʼrifi alohida keltirildi. Demak:

  1. Vazirlik — tegishli sohalarda yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi, muayyan yoʻnalishda ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hamda tizimdagi rahbariy faoliyatni yakkaboshchilik asosida tashkil etadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
  2. Qoʻmita — tegishli soha ichidagi tarmoq faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va tartibga soluvchi hamda tizimdagi rahbariy faoliyatni kollegial asosda tashkil etadigan, shuningdek, vazirlikning tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
  3. Agentlik — asosiy vazifasi sifatida tegishli sohada davlat xizmatlarini koʻrsatish va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqni qoʻllash funksiyalarini amalga oshiruvchi, shuningdek, vazirlik tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
  4. Inspeksiya — asosiy vazifasi sifatida tegishli soha va tarmoqlarda davlat nazorati va tekshiruvni amalga oshiruvchi, shuningdek, vazirlik tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

  Farmonda qonunchilik hujjatlariga muvofiq alohida maqomga ega hamda bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va (yoki) Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadigan qoʻmita, agentlik va inspeksiyalar tashkil etilishi mumkinligi nazarda tutilgan.

Shovot tumani YXKM

 boshlig‘i   K.Ismailov

Manzil

  • Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy
  • +998 (99) 963-19-73
  • info@shovot-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Maktab manzili