Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy

blog

         O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 572 17.09.2021-yildagi qaroriga asosan attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida apellatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari mumkin. Apellatsiya komissiyasi attestatsiya boshlangandan keyin o‘n kun ichida Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘iga ko‘ra har bir ta’lim turi bo‘yicha yetti kishidan iborat tarkibda tuziladi. Apellatsiya komissiyasi tarkibi Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari (komissiya raisi), manfaatdor vazirlik va idoraning sohaga mas’ul tarkibiy bo‘linmasi rahbari (komissiya raisi o‘rinbosari), ta’lim inspeksiyasi xodimlari (bir nafari — komissiya kotibi), manfaatdor vazirlik va idoraning kasaba uyushmasi vakili hamda xodimlaridan iborat bo‘ladi. Apellatsiya komissiyasiga murojaat qilish yozma ravishda yoki Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.

Shovot tumani YXKM boshlig‘i   

K.Ismailov

Manzil

  • Xorazm viloyati,Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi, Usta Sodiq ko'chasi, 24-uy
  • +998 (99) 963-19-73
  • info@shovot-mmtb.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Maktab manzili